“Manchester Siti” Under uchun 50 mln evro to'lashga tayyor

Jengiz Under “Siti” nazariga tushdi.

“Roma”ning 21 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Jengiz Under “Manchester Siti” a'zosiga aylanishi mumkin. “Shaharliklar” turk futbolchisi uchun 50 mln evro to'lashga tayyor. Underning “Roma” bilan shartnomasi 2022-yilgacha tuzilgan. Unga ayni damda “Arsenal” va “Chelsi” ham davogarlik qilmoqda. “Roma” esa Underni ushlab qolish uchun uning maoshini ko'tarishga tayyor.

Under joriy mavsum “Roma” safida 18 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 


Manba: Тhe Sun