

"El Chiringuito TV" nashri ma'lumotiga ko'ra, 26 yoshli futbolchining o'yinlari "shaharliklar"ga maqul kelgan. Uni ayni damda "Atletiko" ham jiddiy kuzatib bormoqda.
Marokashlikning tovon puli 20 million evroga teng. Uning Kataloniya klubi bilan kelishuvi 2030 yilga qadar davom etadi.
Unai ushbu mavsumda LaLiganing 18 o'yinida qatnashib, 5 gol va 2 assist qayd etdi.



