Lukas Paketa bo'yicha yakuniy qaror chiqarildi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2025
"Vest Xem" futbolchisi Lukas Paketa APLdagi shubhali deb ko'rilgan o'yinlari bo'yicha oqlandi.

Eslatib o'tamiz, Angliya futbol assotsiatsiyasi braziliyalik futbolchining chempionatdagi bir qancha sariq kartochkalaridan shubhalangan.

Shubha ostiga futbolchining 2022 yil noyabridan 2023 yil avgustigacha bo'lgan davrdagi "Lester", "Aston Villa", "Lids" va "Bornmut"ga qarshi o'yinlaridagi sariq kartochkalari olingan. Agarda shubhalar tasdig'ini topsa, futbolchi Paketa futboldan bir umrga chetlatilishi mumkin edi.

"Vest Xem" matbuot xizmati Lukas Paketadan barcha ayblovlar olib tashlanganini va Angliya futbol assotsiatsiyasining bu yo'ldagi barcha taftish ishlari tugatilganini ma'lum qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: whufc.com