London klubi Nketiani "Arsenal"dan xarid qilmoqchi

Alisher
25 avg 2021
"Kristal Pelas" "Arsenal" hujumchisi Eddi Nketiani o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Klub 22 yoshli o'yinchi uchun 10 million funt sterling taklif qildi. Oldinroq xabar berilganidek, "kanonirlar" o'yinchi bilan 20 mln funt sterling evaziga xayrlashishga tayyor.

Angliyalik hujumchining amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 14,4 million funtga baholamoqda.

Nketia o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic