

“Arsenal” - “Byornli” 1:0
Gollar: 37 - Kay Xaverc
"Arsenal": 1. David Rayya, 33. Rikkardo Kalafori (5. Pero Inkape, 72’), 3. Kristyan Moskera, 6. Gabriel Magalyayns, 2. Vilyam Saliba, 41. Deklan Rays, 19. Leandro Trossard (11. Gabriel Martinelli, 90+3’), 8. Martin Edegor (36. Martin Subimendi, 90+3’), 10. Eberechi Eze (49. Maylz Lyuis-Skelli, 73’), 7. Bukayo Saka, 29. Kay Xaverc (14. Viktor Gyokeresh, 72’).
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 56. Maks Doumen, 9. Gabriel Jezus, 20. Noni Madueke.
"Byornli": 13. Maks Vays, 2. Kayl Uoker, 6. Aksel Tuanzebe, 5. Maksim Esteve (12. Bashir Xamfris, 82’), 23. Lukas Pires, 28. Gannibal Mejbri (25. Zeki Amduni, 70’), 16. Florentinu Luish (20. Jeyms Uord-Praus, 78), 8. Lesli Ugochukvu (29. Josh Lorent, 71’), 19. Zian Flemming, 17. Lum Chauna (7. Yakob Bruun Larsen, 82’), 11. Jeydon Entoni.
Zaxira: 1. Martin Dubravka, 3. Kvilindsxi Xartman, 4. Jo Uorroll, 10. Markus Edvards.
Ogohlantirishlar: 28 - Gannibal Mejbri, 67 - Kay Xaverc, 90+1 - Zian Flemming, 90+4 - Lukas Pires
🕛 90+10. O'yin yakunlandi, “Arsenal” chempionlik sari katta qadam tashladi!
90+6 Martinelli qarshi hujumda katta tezlikda oldinga o'tdi, biroq yakuniy zarbani bera olmadi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.
88. Trossardning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.
81. So'nggi dekada boshlandi, o'yin harorati yuqori darajaga chiqishi aniq!
78. Gyokeresh va darvozabon to'qnashdi, hujumchi yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmadi, deb topdi.
77. Inkape raqib futbolchisi bilan to'qnashdi, uning shortisi echilib ketdi)
🔄 73. Har ikki jamoada ham bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi, so'nggi daqiqalarga tayyorgarlik.
🟨 69. Hammasi joyida, germaniyalik hujumchi sariq kartochka bilan jazolandi.
67. Kay Xaverc raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Holat VARda ko'rilmoqda, hujumchiga qizil kartochka ko'rsatilishi mumkin.
60. Sakaning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvozaning tashqi tomon to'riga tegdi.
57. Gannibalning uzoqdan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.
55. Xavercning uzatmasini Eze bosh bilan darvozaga yo'lladi, to'p himoyachiga tegib, zarba biroz sekinlashdi va darvozabon to'pni ushlab oldi.
54. Ezedan xavfli zarba! To'p sapchib, sal qolsa darvozaga kirishi mumkin edi…
51. Entonining zarbasi noaniq ketdi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Sakaning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
40. “Byornli” gol o'tkazib yuborgach oldinga o'tmoqda, biroq hozircha naf chiqmayapti.

⚽️ 37. GOL! Xaverc hisobni ochdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Kay boshi bilan darvozaga aniq joyladi!
37. Edegorning zarbasi rekoshetga uchradi va to'p maydondan chiqib ketdi…
34. Saka raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq bosh hakam o'yin qoidasi buzilmaganini bildirdi.
30. Sakaning havolatib bergan uzatmasi sal qolsa darvozadan joy olishi mumkin edi…
29. Ezening chiroyli tarzda yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi.
27. “Byornli” qarshi hujumga qochib ketdi, yakuniy zarbani Mejbri berdi, ammo juda noaniq bo'ldi.
25. “Arsenal” oldinga katta kuch bilan o'tmoqda, ammo raqib himoyasi ham yaxshi harakat qilyapti.
15. Trossardning zarbasi darvozaga ustuniga tegib qaytdi!
14. “To'pchilar”ning yaxshi kombinaciya yakunida Xaverc darvozaga zarba berdi, ammo noaniq ketdi.
13. Sakaning zarbasi rekoshetga uchrab, to'p maydonni tark etdi.
10. Raysning erlatib bergan zarbasi kuchsiz va noaniq bo'ldi.
5. Uchrashuv yuqori tempda boshlanmadi, tezkor hujum ko'rmadik.
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarning APLning 2025/2026 yilgi mavsumi 37-turidan o'rin olgan bahs - “Arsenal” - “Byornli” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



