"Lids" hujumchisi APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2026, 17:40
"Lids Yunayted" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin Angliya Premer-ligasida o'tgan oyning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.

28 yoshli angliyalik futbolchi dekabr oyidagi 5 o'yinda 6 ta gol urdi.

Kalvert-Lyuin joriy mavsum chempionatning 19 o'yinida 9 ta gol va 1 ta golli uzatmani hisobiga yozib qo'ydi.

21-tur yakunlariga ko'ra "Lids" 22 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o'ringa joylashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com