Kunya shu oyda London klubiga o'tishi mumkin

Alisher
5 yanv 2025
"Arsenal" "Vulverxempton" bilan hujumchi Mateus Kunya bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda.

"Kanonirlar" anchadan buyon braziliyalikni kuzatishadi. Londonliklar transferni ushbu oyda yakunlashmoqchi.

Shu bilan birga, "Vulverxempton" o'z yetakchisini mavsum so'nggiga qadar saqlab qolmoqchi. Unga yangi shartnoma taklif qilishmoqda.

"Arsenal" qishda hujumni kuchaytirish uchun boshqa futbolchilarni ham ko'rib chiqmoqda.


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk