Keyrush O'zbekistonga qarshi tayyorgarlik boshlanganini Facebook'dagi sahifasida ma'lum qildi

Narzulla Saydullayev
25 may 2017, 17:34
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrush Feysbukdagi o'z sahifasida O'zbekiston bilan o'yinga tayyorgarlik boshlanganini ma'lum qildi.
"Jahon chempionati saralashi doirasidagi eng muhim o'yinga tayyorgarlikni boshladik. Biz so'nggi soniyaga qadar professional bo'lishimiz kerak. Biz hali hech nimaga erishmadik, shu bois hozircha bayram qilmaymiz.

Avstriyadagi yig'inim boshlanishi arafasida Eron Futbol Federatsiyasi bizga 4 nafar futbolchiga viza chiqmaganini ma'lum qildi. Bu esa jamoa tayyorgarligiga ta’sir qilmay qolmaydi. Yana takrorlayman, so'nggi soniyaga qadar professional bo'lib qolishimiz kerak. Barchasi "Team Melli" uchun", - deb yozadi Keyrush o'zining sahifasida.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia