Keylor Navas va Boateng Chempionlar Ligasi finalida o'ynay oladimi?

Sherzod Nurmatov
22 avg 2020, 23:42
Ma'lumotlarga qaraganda, ular jarohatlaridan tiklanishdi.

PSJ darvozaboni Keylor Navas Chempionlar ligasi finalida "Bavariya"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin. "RB Leyptsig"ga qarshi yarim final(3:0)ni o'tkazib yuborgan posbon jarohatidan tuzaldi.

Shuningdek, "Lion" bilan kechgan o'yin(3:0)da mushaklaridagi muammolar tufayli zaxiraga olingan "Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng ham safda va hal qiluvchi bahsda o'ynashi mumkin.

PSJ va "Bavariya" o'rtasidagi final 23 avgustdan 24 avgustga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan bilan 00:00da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild