

Boatengga jarima yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tahdid solmoqda, chunki Germaniyada bunday qonunbuzarlik jinoyat hisoblanadi. Shuningdek, takroriy holatlarda haydovchilik guvohnomasini umrbod olib qo'yish ham mumkin.
Avvalroq Boateng sobiq qiz do'stiga tan jarohati etkazganlikda ayblangan edi. Myunxendagi mintaqaviy sud uning kaltaklagani haqidagi ish bo'yicha qaror chiqargan. Boateng 200 ming evro miqdorida shartli jarima olgan.



