

Futbol eksperti va PSJning sobiq yarim himoyachisi Fransiya terma jamoasi o'yinchilarining bazilarini Usmon Dembeleni "Oltin to'p" uchun etarlicha qo'llab-quvvatlamagani sabab tanqid qildi. Roten Kilian Mbappeni "Pari Sen-Jermen" hujumchisi bilan solishtirayotganidan xafa bo'ldi.
"Kilian Mbappe bu yil "Oltin to'p" nomzodlari orasida bo'lishga loyiq emas. U "Oltin butsa"ni qo'lga kiritib, mavsumda qirqtdan ortiq gol urgani ro'yxatga kirish uchun asos emas. "Oltin to'p" – bu faqat statistika emas va shunday ekanidan xursandman", – dedi Roten.
Uning fikricha, Fransiya terma jamoasi o'yinchilari Dembeleni qo'llab-quvvatlashi yoki "Oltin to'p" haqidagi savollardan qochishi kerak.
"Agar sening gaplaring Kilian Mbappe bilan munosabatlaringa ta’sir qilishi mumkin bo'lsa, unda faqat javobdan qoch. Hozir hammada jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassislar bor, ular buni qanday qilishni biladi.
Buni jurnalistlarga qoldirish kerak, Mbappe bu ro'yxatda bo'lishga loyiq emas", – deb xulosa qildi Roten.



