Roten PSJdagi Messi haqida: "Piyoda yurardi, o'zini bag'ishlamasdi. Bu haqda sukut saqlaganlarning hammasi erkak emas"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2025, 13:42
Jerom Roten Lionel Messining PSJdagi o'yinini tanqid qildi.

"Men Messining "Park de Prens"dagi barcha o'yinlarini tomosha qildim, birortasini o'tkazib yubormadim. Lekin uning piyoda yurayotganini ko'rganimda...

Albatta, to'p uning oyoqlarida bo'lsa chiroqlar yonadi, stadion yorishadi, chunki bu yigit – daho. Lekin u PSJ uchun o'zini bag'ishlamadi, hamma buni ko'rdi.

Bu haqda sukut saqlaganlarning hammasi erkak emas", – dedi PSJning sobiq yarim himoyachisi Jerom Roten.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport