

Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Jerom Roten JCH-2026 o'yinlarida ob-havodan qati nazar, har bir taymda uch daqiqalik suv ichish uchun tanaffus bo'lishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
"Bu dahshat. O'yinlar 2 soatu 15 daqiqa davom etadigan bo'ladi – bu juda ko'p. Yangi avlod futbolni biz kabi qabul qilmaydi. Ular tezroq boshqa narsaga o'tib ketadi. Tasavvur qiling, agar o'yin boshi unchalik qiziqarli bo'lmasa, deyarli hech narsa sodir bo'lmayotgan bo'lsa...
22-daqiqada esa – uch daqiqalik tanaffus. Agar e'tiborni ushlab turish uchun harakat qilmasangiz, tomoshabin kanalni o'zgartiradi va qaytib kelmaydi.
Ular sportimizni o'ldirmoqda. Amerika sport turlari bunga o'rgangan. Futbol – bu beysbol, amerikacha futbol yoki basketbol emas. Taym o'rtasida shunchaki pauzalarni qo'shib bo'lmaydi", – dedi Roten.



