Karlos Bakka "Granada" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
14 iyul 2021, 07:52
"Milan" sobiq hujumchisi Karlos Bakka "Granada" o'yinchisiga aylandi.

34 yoshli kolumbiyalik futbolchi ispan klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bakkaning so'nggi klubi "Vilyarreal" bo'lgan edi, u jamoani erkin agent maqomida tark etdi.

Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi. U "Vilyarreal" bilan Yevropa Ligasida g'olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: granadacf.es