Yoaxim Lyov: "Bavariya"ni va Pep Gvardiolani tabriklayman!"

Tolibjon Qosimov
26 mar 2014
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Myunxenning "Bavariya" klubini Bundesligada chempion bo'lgani bilan tabrikladi.
“Bunchalik barvaqt chempion bo'lish - ajoyib natija. Klubni va birinchi navbatda Pep Gvardiolani tabriklayman! U jamoani rivojlantirishda davom etmoqda.

Germaniya terma jamoasi futbolchilari uchun ham xursandman. Chempionlik ularni yanada ruhlantiradi. “Bavariya” o'tgan yilgi natijasini takrorlashi mumkin”, - deydi Lev Myunxen klubi rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net