

Uning fikricha, bu cheklovlar turnir rivojini to'xtatib, boshqa jamoalarning chempionlik uchun kurashishiga yo'l qo'ymayapti.
- Agar gap tarixiy grandlar - "Liverpul", "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" haqida ketayotgan bo'lsa, boshqa klublarda ular bilan raqobatlashish imkoniyati umuman yo'q. Endi yana ellik yil faqat "Arsenal", "Yunayted" va "Liverpul" g'alaba qozonishini kuzatib o'tiramizmi? Boshqa jamoalar ham teng sharoitda kurashish imkoniga ega bo'lishlari uchun amaldagi qoidalarni o'zgartirish zarur, - dedi Koul TNT Sports studiyasida.



