

Meksika – Angliya bahsini avstraliyalik tajribali hakam Alirizo Fag'oniy boshqaradi. Unga hamyurtlari Jorj Lakrindis va Endryu Lindsey qanot hakami sifatida yordam beradi. To'rtinchi hakam etib marokashlik Jalol Jayed tayinlangan.

Braziliya – Norvegiya uchrashuvida esa bosh hakam sifatida AQSH vakili Ismoil Elfath ishlaydi. Unga amerikalik yordamchi hakamlar Kori Parker va Kayl Atkins ko'maklashadi. To'rtinchi hakam vazifasini argentinalik Said Martines bajaradi.

Har ikki bahs 6 iyul tongida bo'lib o'tadi. Meksika – Angliya uchrashuvi Mexiko shahrida, Braziliya – Norvegiya bahsi esa Nyu-York (Nyu-Jersi) stadionida tashkil etiladi.



