Islom Ahmedov: "Iste'fo jamoaga yordam bersa, ketish haqida ariza yozishga tayyorman"

15 okt 2026, 22:56
Superliga 24-turdan o'rin olgan "Andijon" – "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng "Andijon" bosh murabbiyi Islom Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Juda alamli mag'lubiyat bo'ldi, shuning uchun birinchi navbatda muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Jamoada ish boshlaganimizdan beri faqat natija uchun emas, balki chiroyli o'yin orqali natija ko'rsatish ustida ishlab kelayotgandik. Qayerdadir texnik xatolar qimmatga tushdi. Bugun ham birgina xato qimmatga tushdi. O'yin tomonlama ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik, raqib asosan hisobni saqlab qolish uchun o'ynadi. Afsuski, ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik.

- "Andijon" mag'lubiyatga uchrayapti, shunday mahal Martin Boakeni zaxiraga olib o'rniga boshqa hujumchi tushirish orqali o'yinni kuchaytirsa bo'lmaydimi?
- Bizda yaqqol ikki nafar hujumchi bor: Rustam Turdimurodov va Martin Boake. Raqib zich o'yin ko'rsatganida hujumchilarimizga qiyin bo'lyapti, zich himoyani yorib o'tish oson emas. Shunning uchun bugun Dragan Cheranni maydonga tushirdik, chunki unda kreativ to'p uzatishlar bor.

- Zaxiradan tushganlar ham o'yinni kuchaytira olmadi.
- Kimnidir aybdor qilish niyatimiz yo'q. O'yinni ko'rib chiqamiz, xatolarni o'rganamiz. Baribir natijaga murabbiy javobgar bo'ladi. Demak, biz xato qilyapmiz, etarlicha ishlay olmayapmiz. Buni ko'rib chiqib tahlil qilamiz, xatolar ustida ishlaymiz.

- "Andijon" muxlislari yurtimizdagi eng faol muxlislar hisoblanadi. Shunday muxlislari bor jamoa g'alabaga haqli. Bugungi mag'lubiyatdan keyin murabbiylar shtabi o'zaro iste'fo masalasini ko'rib chiqishmadimi?
- Buni rahbariyat hal qiladi. Shu narsa jamoaga yordam beradigan bo'lsa, ketish haqida arziza yozishga tayyorman.

- Jarohat olgan futbolchilarni o'z yurtiga yubormasdan shu yerda davolasa bo'lmaydimi? Har holda bizda ham tibbiyot ancha rivojlangan.
- Asosan gruziyalik futbolchilarimiz jarohat olishdi. Ularning Gruziyada tanish mutaxassisi bor ekan, unga ko'rinib ko'ngilni xotirjam qilish uchun ketishdi. Biz ham rahbariyat bilan maslahatlashgan holda ruxsat berdik.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia