

Klublar 20 yoshli vingerni o'tgan yozda "Nyukasl" o'tishidan oldin ham kuzatib borishgan edi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "Nyukasl" Turening klubdagi kelajagidan xotirjam, chunki u bilan 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangan. Shu sababli ular kot-d'ivuarlik vingerni sotishni rejalashtirmayapti.
Ture ingliz klubiga "Xoffenxaym"dan o'tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda beshta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.



