

Bugun jamoada darvozabonlar murabbiyi Igor Mixaylov ish boshladi. Ushbu murabbiy 1980 yil 24 fevralda tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida u Toshkent viloyatining “Do'stlik” ,Qozog'istonning “Taraz”,Samarqandning “Dinamo”, Navoiyning “Qizilqum”, Andijonning “Andijon” klublarida darvozalar daxlsizligini himoya qilgan. Murabbiy sifatida “Obod” klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Bugun Igor Mixaylov “So'g'diyona” ning kechki mashg'ulotlariga qo'shildi. Biz yangi murabbiyga jamoamiz ravnaqiga o'z hissasini qo'shishida,kuch- quvvat va omad yor bo'lishini tilaymiz.
“So'g'diyona” matbuot xizmati




