

Ma'lumotlarga ko'ra, "Guanchjou Evergrand" "Valensiya"ning ikki futbolchisi Enco Peres va Negredoga ko'z tikkan.
"Ko'rshapalaklar" ikkala futbolchini ham sotishga tayyor, ammo "Guanchjou" Negredo bilan kelishishi qiyin bo'lishi mumkin, chunki u "Jiangsu Suning"ning moliyaviy tarafdan ajoyib taklifiga rad javobini bergan edi.
Eslatib o'tamiz, Negredo Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.



