FK Bunyodkor klubining rasmiy sayti faoliyati haqida

Narzulla Saydullayev
1 fev 2014, 12:51
Jamoaning matbuot xizmatida 6 nafar kishi faoliyat olib boradi. Ular orasida Imomxo'jaevlar suloasining Axbor akadan keyin turuvchi Abror aka. Bir necha yillardan beri TVda ishlab kelayotgan Mirzahakim To'xtamirzaev va Bahodir Mirzaev.

Keling avval Bunyodkor matbuot xizmati borasida fikr bildirsak. Yuqorida yozganimdek jamoada o'z ishining ustalari ishlashyapti- Mirzahakim To'xtamirzaev, Bahodir Mirzaev va Abror Imomxo'jaev. Klubni matbuot xizmati vakillariga yaratib bergan sharoiti O'zbekistonda yagona. Biron bir klub o'z matbuot xizmatiga bundayin sharoit yaratib bermagan. Shuning uchun bo'lsa kerak saytning bir yo'la uch tili bir maromda ishlaydi. Hozircha Paxtakor, Bunyodkor va Lokomotiv jamoalari o'z saytlarini uch tilda olib boradilar. Klub xodimlari to'liq klub libosi bilan taminlanganlar. Hattoki uchinchi operatorigacha. Bu klubda insoniylik qadrlanadi. Buning uchun Bunyodkor rahbariyatiga blogimiz nomidan o'z minaddorchiligimizni bildiramiz. Lekin shu yerda bir kichik holatga to'xtalib o'tamiz. To'g'ri har kim avvalo muxlis uchun ishlashi kerak. Ammo 2013 yil yakunlariga ko'ra matbuot xizmatidan ikki kishigagina oltin medallar berildi. Bittasiga esa…

Lekin bu yil klub o'zining birinchi xorij yig'iniga matbuot xizmatidan faqatgina operatorni olib ketgan. Yozuvchi esa yo'q. Balki keyingi safarda matbuot kotibi ham bo'ladi. Yil boshidan beri eng yaxshi matbuot xizmati unvonini qo'lga kiritishni maqsad qilgan klub video va fotolar bilan ishlashda faollik ko'rsatyapti. Shuningdek voqea joyidan jonli intervyular ham ko'payib boryapti. 2013 yil yakunlariga ko'ra akademiya tarbiyalanuvchilari bilan ham suhbatlar chiqqanligini ko'ramiz.

Endi sayt faoliyatiga to'xtalamiz.

bunyodkor.com 10ta menyudan iborat:

  KLUB

  JAMOA

  AKADEMIYA

  XABARLAR

  TURNIRLAR

  STATISTIKA

  INTERAKTIV

  MEDIA

  AFSONALAR

  CHIPTALAR

Har bir menyuning ichida qo'shimcha menyular bor. Barcha menyular o'z tematikasiga monand to'ldirilgan. Xato ko'rmaysiz. O'zbekistondagi yagona sayt tarixidan to bugungi kunigacha barcha o'yinlar natijasi va qaydnomalari berilgan. Buni quyidagi suratda ham ko'rishingiz mumkin.


Oliy liga - 2007. 30-tur "Quruvchi (hozirgi Bunyodkor) - Vobkent uchrashuvi qaydnomasi

Akademiyaga ham katta e'tibor qaratilgan. Andijon jamoasida asosiy tarkib futbolchilar berilmagan bir paytda, Bunyodkorni barcha tarbiyalanuvchilari qayd etilgan. MEDIAni esa alohida gapirmasak bo'lmaydi. Foto va videolarga bo'lgan e'tibor juda yuqori. Bugungi kun internet jurnalistikasida o'quvchi ko'proq tomoshabinga aylanib boryapti. Uzundan-uzun maqolalar o'rnini qisqa kadr va fotosuratlar egallayapti. Bu borada poytaxtliklarni birinchi raqamli sayt deb ayta olamiz. Har holda 2014 yil shunday boshlandi.

Saytdagi yagona noqulaylik yuqoridagi menyularni bosganingizda bosh sahifaga o'tib kyetishi. Bu texnik xatoni to'g'irlash muammo emas. Yana bunyodkor.com O'zbekiston futbol klublari saytlari ichida mobil ko'rinishiga ega yagona sayt hisoblanadi.

Maslahat: Bu klub matbuot xodimlariga maslahat bera  olmayman. Aksincha ulardan o'rganadiganlarim ko'p.

Sayt: fcbunyodkor.com

Matbuot kotiblari: Bahodir Mirzaev, Mirzahakim To'xtamirzaev va Abror Imomo'jaev

Shuningdek: Anvar Nodirov boshchiligidagi uch nafar media (foto va video) guruh


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uzfootballmedia.blog.ru