

Instagram tarmog'idagi sahifasiga joylangan so'nggi suratda urugvaylik legioner Montevideo shahrida avtomashina boshqarib ketayotganini va "o'z yurtiga qaytganini" (ispan tilida "de vuelta en el paisito") qayd etgan. Shuningdek, kadrda futbolchining Janubiy Amerika xalqlariga xos bo'lgan ananaviy mate ichimligini ichib ketayotganini ham ko'rish mumkin.

Ma'lumot o'rnida, 27 yoshli markaziy himoyachi joriy yilning boshida "Dinamo" safiga kelib qo'shilgan edi. U O'zbekiston chempionati tarixida harakat qilayotgan ilk urugvaylik futbolchi hisoblanadi. Ayni vaqtda Mauroning qanday sababga ko'ra (kichik tatil, oilaviy sabablar yoki boshqa omillar) Urugvayga ketganligi borasida hozircha rasmiy bayonot berilmagan.
Samarqandliklar esa Superligadagi ishtirokini davom ettirmoqda. Eslatib o'tamiz, Brasil mavsum boshidan buyon ikki o'yinda atiga 60 daqiqa maydonda to'p tepdi. Oxirgi ikki uchrashuvda esa qaydnomaga ham kiritilmadi.



