Bundesliga. "Bayer" g'alabaga erishdi, "Bavariya" esa 0:3 hisobida mag'lub bo'la turib, 4:3 hisobida g'alaba qozondi

25 apr 2026, 22:08
Germaniya Bundesligasi 31-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

“Bayer” safida Patrik Shik 43-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. 52-daqiqada hujumchi o'yindan ham to'p kiritib, jamoasining ustunligini yana bittaga oshirdi. “Kyoln”dan esa hujumchi Luka Valdshmidt 77-daqiqada hisobni qisqartirdi.

“Bayer” Bundesligada 31 o'yindan so'ng 55 ochko bilan oltinchi, “Kyoln” esa 31 ochko bilan o'n uchinchi o'rinda bormoqda.


“Maync” birinchi bo'limdayoq myunxenliklar darvozasiga uchta gol urdi. Dominik Kor (15-daqiqa), Paul Nebel (29) va Sheraldo Beker (45+2) gollarga mualliflik qildi. Ikkinchi bo'limda myunxenliklar to'rtta gol urib, super kambek qayd etishdi. Gollarni Nikolas Jekson (53), Maykl Olise (73), Jamal Musiala (80) va Xarri Keyn (83) urdi.

Allaqachon chempionlikni rasmiylashtirgan “Bavariya” Bundesligada 31 o'yindan so'ng 82 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda, “Maync” esa 34 ochko bilan o'ninchi o'ringa joylashgan.



Manba: championat.asia