Desham ham futbolchi, ham murabbiy sifatida Jahon chempioni bo'lgan dunyodagi uchinchi inson
Narzulla Saydullayev
15 iyul 2018, 22:17
Fransiya terma jamoasi Dide Desham boshchiligida JCH-2018 g'olibi bo'ldi.
49 yoshli Desham ham futbolchi, ham bosh murabbiy sifatida Jahon chempioni bo'lgan dunyodagi uchinchi insonga aylandi. Bunga qadar braziliyalik Mario Zagallo va germaniyalik Franc Bekkenbauer mana shunday natijaga erishgandi.