

Ushbu yangi qoidalar JCH-2026 turniridan boshlab qatiy qo'llaniladi.
Yangi qoidalarga ko'ra:
Og'izni yopish taqiqlanadi: Konflikt vaqtida raqib futbolchisiga qarata og'zini qo'li yoki libosi bilan yopib, nimadir degan o'yinchi to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazolanishi mumkin. Bu chora maydondagi kamsitish va haqoratlarga qarshi kurashish maqsadida joriy etilmoqda.
Maydonni tark etish uchun jazo: Hakam qaroriga norozilik sifatida maydonni o'zboshimchalik bilan tark etgan futbolchilar va ularni bunga undagan rasmiy shaxslar (murabbiylar) chetlatiladi.
Texnik mag'lubiyat: Agar jamoaning noroziligi sababli o'yin to'xtab qolsa, o'sha jamoaga avtomatik ravishda texnik mag'lubiyat yoziladi.
Bunga nima sabab bo'ldi?
Yaqinda sodir bo'lgan ikkita yirik voqea ushbu qarorlarning tezlashishiga sabab bo'ldi. Birinchidan, "Benfika" vingeri Janluka Prestianni YCHL doirasida "Real" yulduzi Vinisiusga qarata og'zini yopib, "gomofobik haqoratlar" ishlatgani uchun 6 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Ikkinchidan, Afrika Kubogi finalida Senegal terma jamoasi hakam tomonidan Braim Diasga ishlatilgan fol uchun belgilangan penaltiga norozilik sifatida maydonni tark etgandi. Oqibatda Senegalga texnik mag'lubiyat (0:3) yozildi.



