

32-turda o'z maydonida "Manchester Siti"ga yirik hisobda (0:3) imkoniyatni boy bergan londonliklarning so'nggi 6 ta o'yindagi natijalari muxlislarni xavotirga solmoqda. 11 martdan buyon jamoa faqat bir marta g'alaba qozondi - Kubok bahsida uchinchi liga vakili "Port Veyl" taslim etildi (7:0).
"Aristokratlar"ning so'nggi 6 o'yindagi natijalari:
APL: "Manchester Siti" - 0:3 (mag'lubiyat)
APL: "Everton" - 0:3 (mag'lubiyat)
APL: "Nyukasl" - 0:1 (mag'lubiyat)
YCHL: PSJ - 2:5 (mag'lubiyat)
YCHL: PSJ - 0:3 (mag'lubiyat)
Angliya Kubogi: "Port Veyl" - 7:0 (g'alaba)
Umumiy hisob - 2:15. Ko'rib turganingizdek, "Chelsi" kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarda nafaqat ochko yo'qotmoqda, balki gol urishga ham qiynalmoqda.
Jamoani oldinda yana bir jiddiy sinov kutmoqda. 18 aprel kuni "Chelsi" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. Rosenor ushbu muddat ichida jamoani ruhiy va taktik jihatdan tiklay oladimi yoki yo'q - buni vaqt ko'rsatadi.



