"Chelsi" yozgi transferlar uchun asosiy maqsadini tanlab oldi

Alisher
30 mar 2025
"Chelsi" yozgi transfer oynasida qaysi futbolchini xarid qilishi ma'lum bo'ldi.

"Chelsi" klubi "Barselona"ning qanot himoyachisi Jyul Kundeni yaqinlashib kelayotgan yozgi mavsumdagi asosiy nishoni sifatida belgilab oldi.

Joriy mavsumda 26 yoshli francuz barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kundening "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 60 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport