"Chelsi" Shkrinyarning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
28 noya 2022
"Inter" Milan Shkrinyarni o'z safida saqlab qolishdan umidvor.

Biroq Yevropaning yana bir qancha grandlari – PSJ va “Chelsi" slovakiyalikni o'ziga jalb qilmoqchi.

"FCInterNews"ning xabar berishicha, "Chelsi" Milan Shkrinyarning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda va uni Tiago Silvaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Milanning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Oldinroq Milan klubi yangi mehnat shartnomasida himoyachi bilan maosh borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FCInterNews