Amaldagi "Oltin to'p" sohibi jiddiy jarohat oldi. Keynning qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum

21 noya 2026, 07:55
"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn jarohati sabab 3 oygacha muddatni o'tkazib yuborishi mumkin.

33 yoshli angliyalik futbolchi Germaniya chempionati 10-turidan o'rin olgan "Kyoln"ga qarshi o'yin (1:1) boshida shikastlandi va 20-daqiqada maydonni tark etdi.

Myunxenliklar sport bo'limi rahbari Maks Eberl Keynda sindesmoz payi uzilishi aniqlanganini ma'lum qildi. Mutaxassislar ma'lumotlariga ko'ra, Keyn 3 oygacha safdan chiqqan.

Joriy mavsumda Keyn "Bavariya" safida barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar

Manba: Championat.com