Bugun futzal terma jamoamiz dunyoning eng zo'r jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi

Khoja
16 okt 2025, 08:01
VI Islom birdamlik o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Nodir Eliboev boshchiligidagi jamoamiz Yevropa va Jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan - Qozog'iston futzal MTJsiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv  soat 17:00 da “Yunusobod” sport majmuasida start oladi.

Uchrashuvga kirish bepul.


KhojaMuallif
Manba: Futsal_Uzbekistan