Bugun futzal terma jamoamiz dunyoning eng zo'r jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi
Khoja
16 okt 2025
VI Islom birdamlik o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Nodir Eliboev boshchiligidagi jamoamiz Yevropa va Jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan - Qozog'iston futzal MTJsiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 17:00 da “Yunusobod” sport majmuasida start oladi.