Benzema Vinisius va Yamal haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
27 apr 2026, 15:40
"Real" sobiq futbolchisi Karim Benzema Vinisius Junior va Lamin Yamal haqida to'xtalib o'tdi.

"Ular shunchaki bir-biridan farq qiladi. Ikkalasi ham maydonda "qotil". Ular sizni o'rindiqdan irg'ib turishga majbur qiladi. Tezlashuv, tavakkalchilik, muhim o'yinlar... Laminning qanotdan uzatmalari, Vinisiusning qanotlarda avjiga chiqishi - bularni tomosha qilish juda yoqimli. Biroq men hech qachon taqqoslashni yoqtirmaganman", – dedi Benzema.

Shuni takidlash kerakki, "Barselona" 10 may kuni "Real"ni qabul qiladi. Biroq Lamin Yamal "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishi aniq - kataloniyaliklarning 18 yoshli vingeri bir necha kun oldin jarohat olgandi. Ma'lumotlarga ko'ra, u Jahon chempionatiga qadar tiklanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline