"Bavariya" Ziesh uchun PSJ bilan raqobatlashadi

Sherzod Nurmatov
20 fev 2023, 15:15
"Chelsi" yarim himoyachisi Hakim Ziesh yozda jamoani tark etishi mumkin.

Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli marokashlik futbolchiga Myunxenning "Bavariya" klubi davogarlik qilmoqda, u futbolchi uchun PSJ bilan raqobatga kirishadi.

Avvalroq PSJ sport direktori Luish Kampush "Chelsi"ni Zieshning qishki transferini barbod qilganlikda ayblagan edi.

Ziesh joriy mavsum 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 20 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes