"Bavariya" noyabrda 3 asosiy o'yinchisi safga qaytishidan umidvor

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025, 12:16
Myunxenliklar noyabr oyida 3 nafar asosiy futbolchisi safga qaytishini kutmoqda: Jamol Musiala, Alfonso Devis va Xiroki Ito.

Manbaga ko'ra, uchalasi ham o'yinga to'liq moslashishdan yiroq, ammo faol tiklanish bosqichida. Musiala 5 iyul kuni Klublar o'rtasidagi jahon chempionati doirasida PSJga qarshi o'yinda (0:2) jarohat olgandi.

Devis ham jiddiy jarohat orttirib olgan – u Kanada terma jamoasida o'ng tizzasidagi xochsimon bog'lamini uzib olgan. Ito aprel oyida "Sankt-Pauli"ga qarshi o'yinda (3:2) o'ng oyoq kaft suyagini qayta sindirib olgandi.

Bu o'yinchilarning qaytishi "Bavariya" tarkibini mavsumning muhim bosqichida, jumladan, Bundesliga va evrokubok o'yinlarida kuchaytiradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports