"Bavariya" YCHL guruh bosqichidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 38 taga etkazdi, g'alabali seriya davom etmoqda

Aziz Tukhtamuradov
9 noya 2023, 09:10
"Bavariya" Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 38 ta o'yinga etkazdi.

Jamoa kecha 4-tur doirasida "Galatasaroy"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Myunxenliklar YCHL guruh bosqichida 38 ta o'yindan beri yutqazmayapti.

Shuningdek Tuxel jamoasi guruh bosqichda ketma-ket 17-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu YCHL rekordi hisoblanadi. 

"Bavariya" so'nggi marotaba guruh bosqichida 2017 yilda PSJga yutqazgan. Shundan beri jamoa 35 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etdi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta