YCHL. Dahshatli yarim final: to'qqizta gol urilgan o'yinda PSJ "Bavariya"ni mag'lub etdi

29 apr 2026, 01:55
Yevropa Chempionlar Ligasining 2025/2026 mavsumi yarim finalidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

PSJ - “Bavariya” 5:4

Gollar: 17 - Xarri Keyn, 24 - Xvicha Kvaratsxeliya, 33 - Joau Nevesh, 41 - Maykl Olise, 45+5 - Usman Dembele, 56 - Xvicha Kvaratsxeliya, 58 - Usman Dembele, 65 - Deotshankyul Upamekano, 68 - Luis Dias

PSJ: 39. Matvey Safonov, 2. Ashraf Xakimi, 5. Markinos, 51. Vilyam Pacho, 25. Nunu Mendesh (21. Lukas Ernandes, 84’), 87. Joau Nevesh, 33. Uorren Zair-Emeri (8. Fabian Ruis, 64’), 17. Vitinya, 14. Dezire Due (29. Bredli Barkola, 70’), 10. Usman Dembele, 7. Xvicha Kvaratsxeliya (24. Senni Mayulu, 84’).

Zaxira: 30. Lyuka Shevale, 89. Renato Marin, 4. Lukas Beraldo, 6. Ilya Zabarniy, 19. Li Kan In, 27. Dro Fernandes, 9. Gonsalu Ramush, 49. Ibragim Mbaye.

“Bavariya”: 1. Manuel Noyer, 44. Yosip Stanishich, 2. Deotshankyul Upamekano, 4. Jonatan Ta, 19. Alfonso Devis (27. Konrad Laymer, 46’), 45. Aleksandar Pavlovich (11. Nikolas Jekson, 90+3’), 10. Jamal Musiala (8. Leon Gorecka, 79’), 14. Luis Dias, 6. Yoshua Kimmix, 17. Maykl Olise, 9. Xarri Keyn.

Zaxira: 26. Sven Ulrayx, 40. Yonas Urbig, 3. Kim Min Je, 21. Xiroki Ito, 34. Deniz Ofli, 43. Filip Pavich.

Ogohlantirishlar: 12 - Markinos, 77 - Fabian Ruis, 80 - Ashraf Xakimi

90+5. Super o'yin yakunlandi!

90+1. Keynning zarbasi kuchsiz chiqdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Mayuluning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi! Barchasi o'zgarib ketishi mumkin edi…

83. Olise o'ziga uzatilgan to'pni to'g'rilab, sherigiga uzatdi, ammo buni his qilmadi Pavlovich.

78. “Bavariya” bosimni oshirmoqda, hujumlar xavfli tus olmoqda tobora.

72. Buyog'iga kimning kayfiyati ko'tariladi? Parij yoki Myunxen? Dahshatli yakun kutyapti.

71. Do'stlar, tarixiy o'yinni ko'ryapmiz. Dahshatli o'yin. To'qqizta gol etmish daqiqada!

gettyimages-2273058546-2048x2048.jpg

70. GOL! Luis Dias hisobni yanada qisqartirdi! Gol inobatga olindi!

69. Gol bo'lgan holat VARda ko'rilmoqda.

68. GOL! Luis Dias Keynning uzatmasidan so'ng to'pni o'ziga to'g'rilab oldi va zarba berdi, gol bo'ldi! Biroq bu vaziyatda offsayd bor ekan…

67. Yana bir hujum “Bavariya”dan, yakuniy zarba berilmadi.

66. Endi bosim Myunxendan bo'lmoqda. Ketma-ket jarima zarbalari amalga oshirilmoqda.

gettyimages-2273593648-2048x2048.jpg

65. GOL! Upamekano hisobni qisqartirdi! Kimmixning uzatmasini Deotshankyul darvozaga burib qo'ydi va gol urdi!

61. Yo'q, Parij oldinga o'tishdan to'xtamayapti. Myunxenliklar hozircha hech nima qilolmayapti.

59. “Bavariya”dan qanday reakciya ko'ramiz endi? Juda-juda qiziq…

gettyimages-2273593429-2048x2048.jpg

58. GOL! Dembele! Beshinchi gol! Qarshi hujumga o'tdi PSJ, Dembelega to'p keldi va uning zarbasi aniq bo'ldi!

57. Yana PSJ oldinga o'tmoqda, Duening uzatmasini darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

gettyimages-2273586363-2048x2048.jpg

56. GOL! Xvichadan ajoyib gol! Ashrafning uzatmasini Kvaratsxeliya darvozaga yo'lladi va gol urdi!

54. Diasning uzatmasini Laymer darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

51. Hammasi joyida, o'yin davom etadi.

51. Xvicha “Bavraiya” jarima maydonchasi ichida yiqildi, hakam penalti yo'q dedi. Holat VARda ko'rilmoqda endi.

50. Dias PSJ jarima maydonchasi ichida raqiblarini aldashga kirshiib ketdi va to'pni oldirdi.

48. Myunxenliklar faol boshladi bo'limni.

🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Dastlabki bo'limdan keyingi statistika:

To'p nazorati - 49% - 51%

Darvoza tomon zarbalar - 9 - 3

Aniq zarbalar - 3 - 3

Burchak zarbalar - 2 - 1

Uzatmalar aniqligi - 89% - 87%

🕘 45+6. Birinchi bo'lim yakunlandi.

gettyimages-2273588985-2048x2048.jpg

⚽️ 45+5. GOL! Dembele penaltidan gol urdi! Kuchli zarba va gol!

45+3. Penalti! “Bavariya” darvozasi tomon!

45+2. Stop, bir daqiqa avval Dembele uzatgan to'p Devisning qo'liga tekkandi, ushbu holat VARda ko'rilmoqda.

45+2. Xvichaning zarbasini Noyer qaytardi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Haaaa do'stlar, zo'r o'yin ko'ryapmiz. Bir bo'limda hozircha to'rtta gol, zo'r yarim final!

gettyimages-2273047669-2048x2048.jpg

⚽️ 41. GOL! Olise hisobni tenglashtirdi! Uning o'zi jarima maydonchasi markazidan yorib kirib kuchli zarba berdi va gol urdi!

37. Duedan navbatdagi zarba! Ammo noaniq bo'ldi.

35. Dembele… Vitinya dahshat pas bilan sherigini birga-bir chiqarib yuborishi mumkin edi, biroq Upamekano yo'l qo'ymadi zarba berilishiga!

34. Kambek bo'ldi Parijdan! Myunxen, endi nima qilasan, ko'ramiz.

gettyimages-2273587439-2048x2048.jpg

⚽️ 33. GOL! Nevesh hisobni oshirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Joau bosh bilan darvozaga aniq yo'lladi!

32. Endi Due! Uning zarbasi rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.

32. Olise!!! O'ng qanotni buzib kirib to'pni markazga uzatdi, palapartishlikdan so'ng to'pni Safonov ushlab oldi…

31. Nunu Mendeshning zarbasi osmon-u-falakka yo'l oldi.

28. Duening zarbasi raqib himoyachilariga tegib maydon markaziga qaytdi.

26. Qaytadan boshlanadi yana hammasi, bizni oldindan qiziqarli 70 daqiqalik kutmoqda.

25. Uzr, Parij, boya reakciya ko'rsatmayapti deyilgani uchun. Dahshat o'yin!

gettyimages-2273586363-2048x2048.jpg

⚽️ 24. GOL! Xvicha hisobni tenglashtirdi! Duening ajoyib uzatmasini Kvaratsxeliya o'ziga to'g'rilab olib zarba berdi va gol urdi!

23. Dembele… Birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo noaniq…

21. PSJ gol o'tkazib yuborgach reakciya ko'rsata olmayapti, juda qiziq.

20. Yana hujum “Bavariya”dan! Keyn Oliseni zo'r vaziyatga chiqardi, uning zarbasi esa darvozaga kirmay qoldi. Safonovdan seyv!

gettyimages-2273584702-2048x2048.jpg

⚽️ 17. GOL! Keyn penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi!

16. Zo'r qarshi hujum bo'ldi myunxenliklardan, Diasga nisbatan Pacho fol ishlatdi. Holat VARda ko'rildi va penalti qarori o'zgarmadi.

16. Penalti! PSJ darvozasi tomon! Luis Diasga nisbatan fol ishlatildi!

16. PSJdan zo'r hujum, biroq yakuniy zarba aniq bo'lmadi.

12. Dembele raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi, himoyachilar to'xtatdi.

10. Temp yuqori, ammo aytarli vaziyat ko'rmadik.

2. Faol boshlandi o'yin, “Bavariya” hujumlar tashkil etishni boshladi.

1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Yevropa Chempionlar Ligasining 2025/2026 mavsumi yarim finalidan o'rin olgan PSJ - “Bavariya” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif qilamiz.


Manba: championat.asia