"Atletiko" Karraskoni Angliyaga qo'yib yubormaydi

Alisher
20 avg 2022
"Atletiko" hujumchisi Yannik Karrasko yozda jamoadan kyetmaydi.

"Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Tottenxem" 28 yoshli belgiyalik bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Madrid jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone o'yinchini boshqa klubga qo'yib yubormoqchi emas.

Karrasko o'tgan mavsum "Atletiko"da eng ko'p daqiqa o'ynagan uchinchi o'yinchi hisoblanadi - 3302. U bu ko'rsatkich bo'yicha faqatgina darvozabon Yan Oblak va yarim himoyachi Kokedan ortda qoldi.


AlisherMuallif
Manba: AS