Arteta Lyakazettning kelajagi haqida gapirdi

Alisher
4 yanv 2021
Hujumchi Aleksandr Lyakazettning "Arsenal"dagi taqdiri mavsum so'nggida ma'lum bo'ladi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta xabar berdi.

"Hali biz Lyakazettning yangi shartnomasi borasida hech narsani tahlil qilmadik. Shaxsan mening u ko'rsatayotgan o'yin darajasidan ko'nglim to'q. Aleksandr optimal forma yig'ib oldi.

Yozda biz muzokaralar stoliga o'tiramiz va uning kelajagini aniqlashtirib olamiz", - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Forvard joriy mavsum 19ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi. Tomonlar o'rtasidagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Goal