Arteta "Arsenal"ning hujumda yanada kuchayganini ta'kidladi

6 sen 2026, 08:40
"Arsenal" ustozi Mikel Arteta uning jamoasi o'tgan mavsumga nisbatan hujumda yanada kuchayganini aytdi.

O'tgan yozda "Arsenal" o'z hujum chizig'ini faqat Xristos Colis bilan mustahkamladi, shu bilan birga Leandro Trossard, Gabriel Jezus va Gabriel Martinelli bilan xayrlashdi.

"Arsenal" Morgan Rodjers, Vinisius yoki Xulian Alvaresni sotib ola olmadi, ammo Arteta baribir "kanonirlar" hujumi kuchayganini his qilmoqda.

"Men shunday his qilyapman - endi buni isbotlashimiz kerak. Menimcha, endi tarkibimiz yaxshiroq shakllangan. O'ylashimcha, bizda o'tgan mavsum boshidagiga qaraganda ko'proq tayyor o'yinchilar bor.

Ushbu muayyan poziciyada yaxshilanganimiz yoki yo'qligini isbotlashimiz kerak. Ko'ramiz.

Biz o'ynashimiz kerak. Men oldindan taxmin qilishni yoqtirmayman. Menimcha, bu nafaqat o'yinchilarning, balki jamoaning mas'uliyati va jamoa dinamikasidir. U yerda o'ynash uchun bizda bir qancha turli xil variantlar bor", - deydi Artetaning so'zlarini Sky Sports.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports