"Arsenal" va "Sporting" kelishib olishdi

Mirjalol Normatov
4 avg 2018
"Arsenal" hujumchisi Lukas Peres faoliyatini Lissabonning "Sporting" jamoasida davom ettirishi mumkin.

"A Bola" xabariga ko'ra, hujumchining transferi 5 mln evro bo'ladi.

Ammo "Sporting" yana bir jihat borasida futbolchi bilan kelishib olishi kerak. Lukas yangi jamoasida doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'ladi, biroq uning maoshi pasayadi.

Peres o'tgan mavsumni "Deportivo" safida ijarada o'tkazgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola