"Arsenal" - "Chelsi" o'yinida g'alati holat kuzatildi

Mirjalol Normatov
20 yanv 2019
Kecha "Arsenal" o'z maydonida "Chelsi"ni mag'lub etdi.

"Emireyts"da o'tgan bahsda Unai Emeri shogirdlari 2:0 hisobida g'alabaga erishishdi. E'tiborli tomoni shundaki, ushbu bahsning asosiy tarkiblari e'lon qilinganda, unda inglizlardan birorta futbolchi yo'q. Asosiy tarkib 100 foiz legionerlardan tashkil topdi.

Kecha jamoalar shunday tarkib bilan o'yinni boshlashdi:
"Arsenal": Leno, Belerin, Sokratis, Koselni, Kolashinac, Torreyra, Jaka, Gyunduzi, Remzi, Obameyang, Lyakazett.
"Chelsi": Arrisabalaga, Aspilikueta, David Luis, Ryudiger, Alonso, Kovachich, Jorjino, Kante, Pedro, Azar, Villian.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia