

O'zbekistonlik hujumchi 20 may kungi “Al Shorta” bilan muhim bahsdan oldin Toshkentga kyetib qoldi, degan xabarlar tarqatildi.
Temirovning o'zbekistondagi yaqin maslahatchisi hisoblangan Ulug'bek Mirzaev vaziyatga oydinlik kiritdi:
"Sherzod Temirov ayni paytda Iroqda va ertangi “Al Shorta” bilan bahsga tayyorgarlik ko'rmoqda. Hujumchi mana shu bahsdan keyin terma jamoa ixtiyoriga yetib keladi.
Iroq chempionatidagi so'nggi ikki tur va Iroq Kubogi bahslari Jahon chempionatiga boradigan futbolchilarsiz o'tkaziladi. Masalan, Iroq terma jamoasi a'zolari ham shu turdan keyin terma jamoa ixtiyoriga qo'shilishadi.
Shu sabab internetdagi turli provokacion xabalarga ishonmang. Sherzod Temirov ertaga “Arbil” safida o'yin o'tkazadi va do'stona ruhda klub bilan xayrlashadi”.



