APLning ikki top-klubi Onanaga qiziqmoqda

Mirjalol Normatov
1 apr 2023
"Inter" posboni Andre Onana xizmatlariga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Ushbu mavsumda asta-sekinlik bilan "Inter"ning birinchi raqamli posbonga aylanib borayotgan Onananing klub bilan yana 4 yillik shartnomasi bor.

Ayni damda mankunianliklarda David de Xeaning jamoadan kyetish extimoli bor. Agarda ispaniyalik kiperning kyetishi aniq bo'lsa, uning o'rniga kamerunlik posbonning varianti ko'rib chiqiladi. "Chelsi"dagilar esa Eduar Mendining harakatlaridan qoniqish hosil qilmayapti. Shu sababli asosiy posbon rolini Kepa Arrisabalaga qaytarib olgan.

Takidlash kerak, MYU ustozi Erik ten Xag "Ayaks"da Onana bilan birga ishlagan va ushbu holat transfyerda muhim rol o'ynashi ham mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport