

Hozir 20 yoshli francuz uch markaziy hujumchining biri sifatida maydonda harakat qilmoqda. Murabbiyning fikricha esa, agar zarur bo'lib qolsa, pleymeykerlik vazifasini ham uddalay oladi.
"Pirlo - chempion. Italiyada unga teng keladigani yo'q. Unga hech bir jihatdan, o'yinni ko'ra bilish, fikrlash va boshqa sifatlar bo'yicha ham u bilan baxslasha oladigani yo'q. Biroq Pogba "vice-Pirlo" vazifasini ijro eta oladi. U bu ishni o'tgan mavsumda qilib ko'rgan".
"Agar zarur bo'lib qolsa, Andera yo'qligida uning o'rnida Polni o'ynatamiz. Pogba - jismoniy jihatdan kuchli ekanligi evaziga maydon markazidagi istalgan ampluada o'ynab keta oladigan zamonaviy yarim himoyachi. U mukammal futbolchi va yanada o'yinini kuchaytirishi ham mumkin", dedi Konte.



