Antonio Konte: "Pogba "vice-Pirlo"ga aylanishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
5 sen 2013, 18:45
"Yuventus" bosh murabbiyi Antonio Kontening fikricha Pol Pogba bemalol Andrea Pirloning vazifalarini o'ziga ola biladi. Agar shunga zarurat tug'ilib qolsa.
Hozir 20 yoshli francuz uch markaziy hujumchining biri sifatida maydonda harakat qilmoqda. Murabbiyning fikricha esa, agar zarur bo'lib qolsa, pleymeykerlik vazifasini ham uddalay oladi.

"Pirlo - chempion. Italiyada unga teng keladigani yo'q. Unga hech bir jihatdan, o'yinni ko'ra bilish, fikrlash va boshqa sifatlar bo'yicha ham u bilan baxslasha oladigani yo'q. Biroq Pogba "vice-Pirlo" vazifasini ijro eta oladi. U bu ishni o'tgan mavsumda qilib ko'rgan". 

"Agar zarur bo'lib qolsa, Andera yo'qligida uning o'rnida Polni o'ynatamiz.  Pogba - jismoniy jihatdan kuchli ekanligi evaziga maydon markazidagi istalgan ampluada o'ynab keta oladigan zamonaviy yarim himoyachi. U mukammal futbolchi va yanada o'yinini kuchaytirishi ham mumkin", dedi Konte.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru