Arsenaldan super kambek. Ris Nelsonning so'nggi soniyada urgan goli londonliklarga super g'alabani taqdim etdi

Alisher
4 mar 2023
Angliya chempionati 26-turidan o'rin olgan Arsenal – Bornmut uchrashuvi boshlandi.

Arsenal – Bornmut 3:2 LIVE

Gol: 1 - Filipp Billing, 57 - Markos Senesi (Rotuell), 62 - Parti (Smit Rou), 70 - Ben Uayt (Ris Nelson), 90+7 - Ris Nelson

20.00, Emireyts

Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu (Ben Uayt, 46), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Parti, Edegor, Fabiu Vieyra (Jaka, 84), Saka, Trossard (Emil Smit Rou, 22, Ris Nelson, 68), Martinelli.

Bornmut – Neto, Smit, Stivens, Senesi, Mifem, Zemura (Frederiks, 64), Rotuell (Kuk, 71), Billing, Uattara (Kristi, 82), Solanke, Semeno (Entoni, 64).

Ogohlantirish: 64 - Neto, 86 - Kris Mefem


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90+7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Ris Nelson Arsenal uchun mavsumdagi eng muhim gollardan biriga mualliflik qildi

90+4. Ris Nelsonning zarbasini darvozabon ushlab oldi

Hakam ikkinchi bo'limga olti daqiqa qo'shib berdi

87. Sakaning yana bir zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

86. Ogohlantirish: Kris Mefem Martinellini o'rdi va ogohlantirildi

84. O'zgarish: Jaka maydonga tushdi. Fabiu Vieyra maydoni tark etdi

82. O'zgarish: Kristi maydonga tushdi, u Uattarani alishtirdi

80. Yana bir bor to'p himoyachining qo'liga tegdi. Bugun hakam Arsenal foydasiga penalti belgilamaslikka qasamyod qilganga o'xshaydi

79. Edegorning zarbasi himoyachining qo'liga tegib, burchakka chiqib ketdi. Biroq hakam yana jim...

78. Fabiu Vieyraning zarbasi ancha noaniq ketdi 

75. Martinelli yana bir bor qochib ketdi va zarba yo'lladi, biroq ozgina aniqlik yetishmadi

73. Sakaning zarbasi to'cinga tegib qaytmoqda

71. O'zgarish: Rotuell maydoni tark etdi, uning o'rniga Kuk maydonga tushdi

70. GOOOOOOOOOOL. Ben Uayt hisobni tenglashtirmoqda. Hozirgina maydonga tushgan Risdan assist

68. O'zgarish: Ris Nelson Emil Smit Rouni alishtirdi

66. Solankening zarbasini darvozabon qaytardi

64. O'zgarish: Zemura va Semeno maydoni tark etdi, ularning o'rniga Frederiks va Entoni maydonga tushdi
64. Ogohlantirish: Netu ogohlantirildi

63. GOOOOOOOOOOL. Parti hisobni qisqartirmoqda. Smit Rouning uzatmasidan so'ng ganalik gol urmoqda

57. GOOOOOOOOL. Markos Senesi hisobni oshirmoqda. Argentiniyalik himoyachi burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi

54. Martinellining zarbasiga aniqlik yetishmadi

52. Edegorning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon ushlab oldi

49. Edegorning uzatmasini Stivens burchakka chiqarib yubordi

46. O'zgarish: Tomiyasuning o'rniga Uayt maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+2. Edegorning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

Hakam birinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

44. "Bornmut" qarshi hujumda raqibni jazolashi mumkin edi, biroq so'nggi nuqtani qo'yishni imkoni bo'lmadi

38. Zinchenkoning zarbasi himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi

34. Jarima maydonchasining ichida Kris Mefemning qo'liga tegdi, biroq hakam penalti bermadi

30 Martinellining zarbasi himoyachiga tegib yana to'pchilarga qaytmoqda

22. O'zgarish: Jarohat olgan Trossardning o'rniga Emil Smit Rou maydonga tushdi

20. Uattara yaxshi zarba yo'lladi, biroq Remsdeyldan super seyv

18. Saka qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, biroq Stivens to'pni burchakka chiqarib yubordi

13. Arsenal raqibni jarima maydonchasining ichiga qamamoqda, biroq mehmonlar yaxshi harakat qilishmoqda

5. Edegordan navbatdagi zarba va Netodan navbatdagi seyv

4. Edegor yaxshi harakat qildi va kuchli zarba yo'lladi, darvozabondan seyv. Qaytgan to'pga Saka birinchi bo'lib keldi va uning zarbasini ham Neto Murara bartaraf etmoqda

Uchrashuv 0:1 bilan boshlandi

1. GOOOOOOOOOL. Bornmut o'yini maydon markazidan boshladi va hisobni ochdi. Gol muallifi: Filipp Billing

Uchrashuv boshlandi!


AlisherMuallif
Manba: championat.asia