Anchelotti kovidga chalindi. U katta ehtimol bilan "Chelsi"ga qarshi CHL doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
30 mar 2022, 17:16
"Real" murabbiyi Karlo Anchelotti koronavirus bilan kasallandi.

Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

62 yoshli mutaxassis 2 aprel kuni bo'lib o'tadigan "Selta"ga qarshi La Liga 30-tur doirasidagi o'yinni aniq o'tkazib yuboradi.

Uning 6 aprel kuni bo'lib o'tadigan "Chelsi"ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/4 final mehmondagi o'yinda ishtiroki etishi ham qiyin masala.


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com