

Bu sariq kartochka uning evrokuboklar joriy mavsumidagi uchinchi sariq kartochkasi bo'ldi: u umumiy bosqichning 5 va 8-turlarida ham ogohlantirilgandi.
Kompanidan tashqari Konrad Laymer, Manuel Noyer, Jonatan Ta va Dayo Upamekano ham kartochkalarga ega edi. Chempionlar Ligasi-2025/26 reglamentida belgilanganidek, barcha sariq kartochkalar chorak finaldan keyin "kuyib ketadi" va yarim finalda hisobga olinmaydi. Bu 4 nafar o'yinchi endi PSJga qarshi ikkinchi o'yini uchun diskvalifikaciyaga duch kelmasligini anglatadi.
Eslatib o'tamiz, PSJ va “Bavariya” o'rtasidagi ilk bahs 28 aprel kuni bo'lib o'tadi.



