Amorim: "Tarkib rotaciyasi bizga juda yordam berdi"

Sherzod Nurmatov
19 okt 2026, 12:25
"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim Italiya chempionatining 7-turi doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yinga baho berdi.

Yakshanba, 18 oktyabr kuni "Milan" o'z maydonida raqibini 3:2 hisobida mag'lub etdi.

"Albatta, natija - eng muhimi, biroq biz o'yinni ham tahlil qilishimiz kerak. Vaziyat butunlay o'zgardi: "Atalanta"ning goligacha o'yinni nazorat qilayotgandik va to'p o'tkazib yuborishdan ko'ra to'rtinchi golni urishga yaqinroq edik. Ammo ayrim xato qarorlar, ayniqsa, hujumlarni tashkil qilishdagi xatoliklar raqibga imkoniyat yaratdi va biz bu borada o'sishimiz kerak", – dedi Amorim.

Shuningdek, murabbiy natijaga tarkib rotaciyasi ta’sir qilganini ta'kidladi.

"Tarkib rotaciyasi bizga juda yordam berdi, futbolchilar haqiqatan ham qattiq mehnat qilishmoqda. Albatta, pressingni amalga oshirish uslubimizdagi o'zgarishlar vaqt talab etadi, biroq qaysi vaziyatlarda pressingni ishga tushirish kerakligini yaxshiroq tushunib boryapmiz va kerakli poziciyani egallaganimizda bu yanada osonlashayotgandek tuyulmoqda", – deya qo'shimcha qildi u.

"Milan" 15 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Keyingi turda jamoa 25 oktyabr kuni safarda "Udineze"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia